logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Guskov bilan 1 avgust kuni jang qilishi kerak bo'lgan Yan Blaxovich kutilmagan o'zgarishlarga munosabat bildirdi

 14 IYUL, 2026, 10:16

Etiborga molik jihati shundaki, UFC Bogdan Guskovdan oldin aynan unga Magomed Ankalaev bilan jang taklif qilgan ekan. Buni polshalik sobiq UFC chempionining o'zi ham tasdiqladi.

Yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Yan Blaxovichning aytishicha, tashkilot unga Abu-Dabidagi turnirda Magomed Ankalaev bilan jangda Xalil Rauntrini almashtirishni taklif qilgan, biroq u vazn tashlash bilan bog'liq masala sabab ishtirok etishini darhol tasdiqlamagan va jang Bogdan Guskovga berilgan.

"Bo'lajak jangim haqida qisqacha malumot. UFC menga dastlab Ankalaev bilan jang qilishni taklif qildi. Ammo qandaydir 10 kun ichida kerakli vaznni qila olishimga ishonchim komil emasdi. Bir necha soatdan so'ng men jangni hech qanday kelishuv vaznisiz tasdiqladim, ammo bu vaqtga kelib Guskov bilan kelishuv allaqachon tuzib bo'lingan ekan. Nachora, hozir Serbiyadagi UFC turniri uchun yangi raqib kutyapman", - deb yozdi Blaxovich X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ