logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Kudermetova mezbon raqib, dunyoning 37-raketkasiga ikkinchi setda munosib qarshilik ko'rsatdi

 14 IYUL, 2026, 09:32

Greciya poytaxti Afina shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida Vanda Pharmaceuticals Athens Open WTA 250 turniri bo'lib o'tmoqda.

Xabar berganimizdek, ushbu turnirda mamlakatimizning ikkinchi hamda uchinchi raketkalari Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova ishtirok etyapti. Kecha tunda 23 yoshli Kudermetova 1/16 finalda mezbon yurt vakilasi, dunyoning 37-raketkasi bo'lib turgan tajribali Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqdi. Birinchi setda o'ziga umuman o'xshamagan Polina 0/6 hisobida yutqazdi. Ikkinchi set esa tay-brekka qadar etib bordi va afsuski, unda ham tajriba o'z so'zini aytdi - 6/7(1). 

Taqqoslash uchun, Polina jahon reytingida 109-o'rinni egallab turibdi. Har ikki tennischi ham 85 daqiqa davom etgan bahsda 3 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Qo'shxatolar vakilamizda ko'proq bo'ldi - 5 ga 1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Pharmaceuticals Athens Open WTA 250 turnirining mukofot jamg'armasi 283,347 AQSH dollarini tashkil etadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ