logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Ruslan Nurudinov, Akbar Jo'raev bosh og'ir atletikachilarimiz Turkiyaga jo'nab ketdi

 13 IYUL, 2026, 19:16

Xabaringiz bor, joriy yilda O'zbekiston terma jamoasini qita va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalar kutib turibdi.

Ushbu musobaqalarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko'rish hamda sportchilarning musobaqaoldi tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida terma jamoamiz navbatdagi xalqaro o'quv-yig'in mashg'ulotlarini  olib boradi.

SHu maqsadda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi XXIII Osiyo o'yinlari hamda kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo'nab ketdi.

Mazkur o'quv-yig'in davomida sportchilar musobaqalar oldidan tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini o'tab, jismoniy, texnik va taktik mahoratini yanada takomillashtirish ustida ish olib boradilar. Rejaga muvofiq, terma jamoa azolari 13 avgust sanasiga qadar Istanbul shahrida mashg'ulotlar o'tkazadi.

Turkiya yig'iniga jalb etilgan terma jamoa tarkibi:

Adhamjon Ergashev

Diyorbek Ro'zmetov

Husinboy Matrasulov

Hayitboy Abdushukurov

Xasanboy Bardiev

Sarvar Zafarjonov

Muhammadqodir Toshtemirov

Ruslan Nurudinov

Akbar Jo'raev

SHarofiddin Amriddinov

Omadbek Olimov

Amir Abdullaev.

Murabbiylar: Bahrom Mendiboev, Jurabek Zairov.

SHifokorlar: Obiddin Muslimov, Dovlet Glijev.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ