logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UFC havas qiladigan kardni jamlagan RAF turnirining barcha natijalari

 12 IYUL, 2026, 16:48

Gruziyaning Tbilisi shahrida Merab Dvalishivili, Genri Sexudo, Arman Carukyan, Abdurashid Sadulaev, Kayl Snayder, Razambek Jamalov singari afsonalar ishtirokida RAF turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, kurash bazasiga ega bo'lmagan Merab Dvalishvili hamda erkin kurash bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi, ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo o'rtasida o'tkazildi.  Raqibiga 2-8 hisobida yutqazayotgan Merab yakunda g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi 11-8! Katta farq bilan hisobda oldinga chiqib olgan Genri ikkinchi va uchinchi bo'limlarda mezbon sportchiga hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi.  


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bellashuv yakunlanganidan keyin bergan intervyusida Merab Dvalishvili Pyotr Yanni esga oldi. Aynan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Dvalishvilidan UFC chempionlik kamarini tortib olgan edi. 

"Juda baxtliman, chunki xalqim men bilan faxrlanishi mumkin. Xudoga shukur, bugun kechqurun men g'alaba qozondim. Genri Olimpiada chempioni! O'ylaymanki, keyingi safar u bilan dzyudo tatamisida uchrashishimiz mumkin. Keyin esa hayron bo'lmang. Men UFC`ni, jang qilishni yaxshi ko'raman. Pyotr Yan, qayt, og'ayni. Nima bo'lyapti? Unda aniq nimadir noto'g'ri ketyapti", - dedi gruziyalik jangchi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Oqshomning ikkinchi muhim bellashuvida tashkilot debyutanti, ikki karra Olimpiya chempioni Abdulrashid Sadulaev amerikalik Kayl Snaydardan yarim og'ir vazn toifasida RAF chempionlik kamarini tortib olishga muvaffaqiyatsiz urinishni amalga oshirib, muddatidan oldin mag'lub bo'ldi.

Uchinchi bo'limda 4-3 hisobida oldinda bo'lgan rossiyalik afsona amerikalik raqibidan o'zining oyog'iga hujumga o'tish urinishidan himoyalanishni boshladi, ammo epizodlarning birida tizzasidan jarohat olib, chalqanchasiga yiqildi. Snayder vaziyatdan foydalanib tushe evaziga muddatidan oldin g'alaba qozondi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Tashkilotning Gruziyadagi turnirini asli armanistonlik Arman Carukyan ochib berdi. U Qozog'iston vakili Kuat Xamitovni texnik ustunlik bilan 11:0 hisobida mag'lub etib, ligadagi ettinchi g'alabasini qayd etdi.


Tbilisi RAF turnirining barcha natijalari:

Merab Dvalishvili Genri Sexudoni ochkolar (11-8) bo'yicha taslim etdi

Kayl Snayder Abdulrashid Sadulaevni muddatidan avval parterda ushlash evaziga engdi

Kayl Deyk Vladimir Gamkrelidzeni ochkolar (2-0) bo'yicha yutdi

Vladimir Xinchegashvili Konor Bibini texnik ustunlik (11-0) evaziga mag'lubiyatga uchratdi

Ernazar Akmataliev Zeyn Rezerfordni so'nggi qo'lga kiritilgan ball (3-3) evaziga taslim etdi

Givi Macharashvili Zak Elamdan ochkolar bo'yicha ustun (7-3) keldi

Geno Petriashvili Jeyk Varnerni texnik ustunlik (10-0) evaziga engdi

Xelen Marulis raqibasi Angelina Lisakni tushe, yani ustunlik evaziga yutdi

Hamyurtimiz Razambek Jamalov amerikalik Jarrett Jakni kichik ustunlik bilan (3-2) taslim etdi

Anastasiya Nichita raqibasi Vinesh Pxogatni bir ochko farqi (7-6) bilan mag'lub etdi

Brok Xardi Alibeg Alibegovni texnik ustunlik (13-2) evaziga muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi

Arman Carukyan Kuat Xamitovni texnik ustunlik (11-0) evaziga muddatidan avval mag'lub etdi


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ