Konor so'nggi beshta jangida to'rtinchi marta mag'lub bo'ldi
12 IYUL, 2026, 15:16
Xabaringiz bor, bugun tong saharda AQSHning Las-Vegas shahrida UFC 329 turniri bo'lib o'tdi.Turnirning markaziy jangida Konor Makgregor Maks Xolloueyga 1-raunddayoq texnik nokaut evaziga yutqazib qo'ydi.
Bu Makgregor uchun so'nggi 5 ta jangdagi to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Xollouey bilan janggacha Makgregor Porega ikki marta yutqazgandi. Undan oldin esa Donald Serroneni mag'lub etgan, Serronegacha esa Xabib Nurmagomedovga imkoniyatni boy bergan edi.
Manba: olamsport.com
