logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

JCH-2026. Yana bir pley-offda ishtirok etgan jamoa bosh murabbiyi ishdan olindi

 12 IYUL, 2026, 12:48

Senegal futbol federaciyasi (FSF) milliy terma jamoa bosh murabbiyi Pap Tiav va uning butun shtabi istefoga chiqarilganini elon qildi.

Bunday qarorga terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizligi sabab bo'ldi. Sietlda bo'lib o'tgan 1/16 final uchrashuvida senegalliklar alamli tarzda Belgiya jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Tiav jamoasi uchrashuv davomida 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq asosiy vaqt yakunlanishi arafasida raqibga hisobni tenglashtirish imkonini berdi. 120+5-daqiqada esa Senegal terma jamoasi penaltidan hal qiluvchi to'pni o'tkazib yubordi.

Tiavni lavozimidan ozod etish haqidagi qaror FSF ijroiya qo'mitasining yig'ilishida qabul qilindi. Ayni paytda 45 yoshda bo'lgan mutaxassis Senegal terma jamosini 2024 yilning oktyabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ