UFC 329. Peddi Pimblett ishtirokidagi jang 52 soniya davom etdi
12 IYUL, 2026, 08:48
Ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan UFC 329 turniri bo'lib o'tmoqda.Asosiy kard doirasidagi qiziqarli janglardan biri engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Peddi Pimblett hamda Benua Sen-Deni o'rtasida o'tkazildi.
Birinchi raundning boshidayoq britaniyalik aralash yakkakurash ustasi francuz raqibini parterda bo'g'ish usuli evaziga taslim etdi. Bu paytda jangning 52-soniyasi o'tib borayotgandi. Peddi Benuani uxlatib qo'ydi.
Peddi Pimblett vaqtinchalik chempionlik uchun jangda Jastin Getjiga mag'lub bo'lganidan keyin faoliyatini muvaffaqiyatli yo'lga qaytardi. Benua Sen-Deni esa to'rtta muddatidan oldingi g'alabalar seriyasini to'xtatdi.

Manba: olamsport.com
