Bugun etti bokschimiz Osiyo chempionati 1/4 finalida ringga ko'tariladi
11 IYUL, 2026, 09:48
Indoneziyaning Jakarta shahrida boks bo'yicha ikki yosh toifasida o'tkazilayotgan Osiyo chempionatida chorak final janglari davom etmoqda.Bugun qita birinchiligi doirasida U19 yosh toifasidagi yigitlarimizdan 7 nafari ringga ko'tariladi. Janglar bizning vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-50 kg: O'tkirbek Norqosimov - Junsu CHoi (Koreya Respublikasi) 10:30
-55 kg: Elyor Rustamov - Pangeran Februzio (Indoneziya) 11:15
-60 kg: Muhammadrizo Ukimov - Umar Orusbaev (Qirg'iz Respublikasi) 12:30
-70 kg: Saidxo'ja Sadillaxo'jaev - Muhammad Mamadaliev (Tojikiston) 14:15
-75 kg: Suhrob Rahmatullaev - Hamza Maksatuli (Qozog'iston) 15:00
-80 kg: Abrorbek SHaripov - Benjamin Lee (Singapur) 16:00
-85 kg: Sardorbek Bahromxo'jaev - Sunghoon Lim (Koreya Respublikasi) 17:15




Manba: olamsport.com
