Anvar Anvarov Finlyandiyadagi xalqaro musobaqada zafar quchdi
9 IYUL, 2026, 14:32
Finlyandiyaning Yoensu shahrida Butunjahon engil atletika federaciyasining (World Athletics) taqvimidan o'rin olgan bronza darajadagi turnir bo'lib o'tdi.Unda erkaklar o'rtasida uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan hamyurtimiz Anvar Anvarov oltin medalga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz turnirda 7,97 metr natija qayd etib, eng yaqin taqibchilari hisoblangan mezbon atletlarni sezilarli farq bilan ortda qoldirishga erishdi.
G'olib va sovrindorlar:
Anvar Anvarov (O'zbekiston) — 7,97 metr
Kalle Salminen (Finlyandiya) — 7,80 m
Kasper Vehma (Finlyandiya) — 7,64 m
Manba: olamsport.com
