Olimpiada chempioni Daniyar Eleusinov Astanada mast holatda qo'lga olindi
9 IYUL, 2026, 12:48
Rio Olimpiadasi chempioni, qozog'istonlik Daniyar Eleusinov Astanada qo'lga olindi.Xabarlarga ko'ra, Eleusinov ikki yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan va shundan so'ng voqea joyini tark etgan. Policiya vakillarining takidlashicha, bokschi avtomobilni mast holatda boshqargan.
YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Daniyar Eleusinov — Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan sport ustasi, 2013 yilgi jahon chempioni va 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari g'olibi hisoblanadi. Professional faoliyati davomida u IBO yo'nalishida yarim o'rta vazn jahon chempioni hamda IBF Inter-Continental kamari sohibi bo'lgan.

Manba: olamsport.com
