Maxachev Rossiyaning MMA reytingidagi etakchiligiga munosabat bildirdi
8 IYUL, 2026, 15:32
Yarim o'rta vazn toifasidagi UFC chempioni Islam Maxachev ESPN talqiniga ko'ra Rossiyaning MMAdagi eng kuchli mamlakat sifatida birinchi o'ringa ko'tarilishiga munosabat bildirdi."Men sizlarga aytgandim-ku", — deb yozdi Maxachev reytingni o'z sahifasida qayta joylashtirib.
Eslatib o'tamiz, ESPN yangilangan reytingda Rossiyani birinchi o'ringa joylashtirdi. Avvalgi etakchi AQSH ikkinchi pog'onaga tushib ketdi. Uchinchi o'rinni esa Braziliya egalladi.
Manba: olamsport.com
