AQSH O'zbekistondagi shaxmat Olimpiadasiga qanday tarkib bilan kelishi aniq bo'ldi
7 IYUL, 2026, 13:48
AQSH shaxmat federaciyasi Samarqandda bo'lib o'tadigan 2026 yilgi SHaxmat Olimpiadasi uchun tarkibni rasman elon qildi.Ushbu nufuzli musobaqada AQSH sharafini Fabiano Karuana, Uesli So, Xans Nimann, Levon Aronyan va Avonder Lyan himoya qiladi. Jamoa sardori Jon Donaldson bo'lsa, murabbiy vazifasini Grigoriy Oparin bajaradi.
Ayollar o'rtasidagi musobaqada esa AQSH terma jamoasi safida Karissa Yip, Elis Li, Irina Krush, Rouz Etvell va Tatev Abraxamyan ishtirok etadi. Jamoa sardori Melikset Xachiyan, murabbiy esa Liem Le bo'ladi.


Manba: olamsport.com
