logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

WBA reytingi ham yangilandi: ikki bokschimiz o'z vaznida etakchi

 6 IYUL, 2026, 19:16

Butunjahon boks associaciyasi (WBA) iyun oyi yakunlariga ko'ra, professional bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

Reytingdan 8 nafar bokschimiz o'rin olgan. Yurtdoshlarimizdan Bektemir Meliqo'ziev va Muhammad SHexov o'z vaznida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Bokschilarimizning WBA reytingidagi o'rni:

Hasanboy Do'smatov (minimal vazn) - 6-o'rinda joylashdi (chempion - Rafael Rikardo);

Muhammad SHexov (birinchi yarim engil vazn) - 1-o'rinda (chempion - Naoya Inoue);

Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) - 3-o'rinda (chempion - Naoya Inoue);

Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) - 8-o'rinda (chempion - Brendon Figuero);

Sirochbek Ismoilov (engil vazn) - 13-o'rinda (chempion - vakant);

SHahram G'iyosov (yarim o'rta vazn) - 8-o'rinda qoldi (chempion - Rolando Romero);

Isroil Madrimov (super yarim o'rta vazn) - 7-o'rinda (chempion - Jaron Ennis);

Bektemir Meliqo'ziev (super o'rta vazn) - 1-o'rinda qoldi (chempion - Jeymi Mungiya).


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ