UFC chempioni Tom Aspinall Rojer Federer bilan uchrashdi + FOTO
6 IYUL, 2026, 14:48
Og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni britaniyalik Tom Aspinall dunyoning sobiq birinchi raketkasi, "Katta Dubulg'a" turnirlarining 20 karra g'olibi Rojer Federer bilan uchrashdi.Malumot uchun, Rojer Federer hozir 44 yoshda. SHveycariyalik sportchi "Katta Dubulg'a" turnirlarining 20 karra g'olibi hisoblanadi. U ketma-ket besh yil davomida Uimbldon (2003-2007) va AQSH Ochiq chempionatida (2004-2008) g'olib chiqdi. Rojer barcha "Katta Dubulg'a" turnirlarida g'alaba qozongan oltinchi tennischi hisoblanadi. Federer juftlik bahslarida Olimpiya o'yinlari (2008) g'olibi, shuningdek, yakkalik bahslarida kumush medal sohibi bo'lgan (2012).

Manba: olamsport.com
