Jordan Xenderson Angliya milliy jamoasi g'alabasini nishonlash paytida jarohat oldi (video)
6 IYUL, 2026, 10:34
Angliya terma jamoasi JCh-2026 nimchorak finalida Meksikani dramatik tarzda 3:2 hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi.
Biroq uchrashuvdan keyingi quvonchli lahzalar kutilmagan hodisa bilan yakunlandi.
Yarim himoyachi Jordan Xenderson mazkur bahsda ishtirok etmagan bo'lsa-da, final hushtagidan keyin muxlislar bilan birgalikda g'alabani nishonlash uchun maydonga chiqdi.
Emotsiyalarga boy nishonlash jarayonida Xenderson reklama to'sig'idan sakrab o'tishga urindi, ammo erga noqulay yiqilib, jarohat oldi.
Shundan so'ng maydonga darhol tibbiy guruh kirib keldi. Angliya futbolchilari shifokorlar etib kelgunga qadar jamoadoshi atrofida doira hosil qilib turishdi.
Oxir-oqibat Xendersonni zambilda maydondan olib chiqishga to'g'ri keldi.
Hozircha uning qanday jarohat olgani haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.
Manba: stadion.uz
