logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Naroditsky Memorial 2026. Javohir Sindarov blic turnirida ham chempion bo'ldi!

 6 IYUL, 2026, 09:16

Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarov AQSHda o'tkazilgan musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi.

U rapid bahslaridan keyin blic turnirida ham chempionlikni naqd qildi. Hamyurtimiz musobaqada 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. So'nggi turda reytingda o'zidan yuqorida turgan amerikalik Hikaru Nakamura bilan tezkor durangga imzo chekdi. Amerikalik Uesli So 7 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, 6 ochkoga ega yana bir mezbon shaxmatchi Etan SHixan kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Hikaru 5 ochko bilan 5-o'rin bilan kifoyalandi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Javohir Sindarov bir kun oldin rapid bahslarida ham bosh sovrinni qo'lga kiritgandi. U chempionni aniqlab bergan tay-brekda hindistonlik Aravindh CHitambaram ustidan har ikki partiyada ham g'alaba qozongan edi. Sindarov rapid turnirida chempionlik bilan birga 3 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqqandi.

Blic bahslaridagi chempionlik esa Javohirga yana 6000 AQSH dollari keltirdi. Ushbu turnirda qatnashgan Sindarovning sekundant-murabbiyi Muhiddin Madaminov 4,5 ochko bilan 6-o'rindan joy oldi. U blic turnirining 1-turida Jvohir bilan durang o'ynadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ