Mbappe futbol tarixida hech kimga nasib etmagan JCH rekordini o'rnatdi
5 IYUL, 2026, 11:00
Franciya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe 2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finalida Paragvay terma jamoasi darvozasiga gol urdi (1:0) va shu tariqa dunyo birinchiliklarida futbol tarixida hali hech kim erisha olmagan statistik rekordni qayd etdi.ESPN nashrining xabar berishicha, Mbappe terma jamoalar miqyosidagi uchta eng nufuzli turnirning pley-off bosqichida uchta va undan ko'p gol urgan tarixdagi yagona futbolchidir. Kilian hisobida Rossiyadagi JCH-2018 pley-offida uchta gol, Qatardagi JCH-2022 turnirida beshta gol va joriy musobaqaning ikkita o'yinida allaqachon uchta gol mavjud.
Jahon chempionatining 1/4 finalida Franciya terma jamoasi Marokash milliy terma jamoasi bilan to'qnash keladi.
Manba: olamsport.com
