logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Donald Tramp Oq uyda Jastin Getji va uning oilasini qabul qildi + FOTO

 4 IYUL, 2026, 18:00

Iliya Topuriya ustidan qozonilgan shov-shuvli g'alabadan deyarli uch hafta o'tib, engil vazn toifasida yangi UFC chempioni Jastin Getji oilasi bilan yana Oq uyga tashrif buyurdi.

Amerikalik 37 yoshli aralash yakkakurash ustasi u erda AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan qabul qilindi.

"Ota-onam Vashingtonga kelishdi va biz Prezident bilan birga tushlik qildik. Ko'plab taniqli insonlar bilan tanishish men uchun katta sharaf bo'ldi. Qanday ajoyib sayohat!", - deb yozdi amerikalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Jastin Getji ikki hafta oldin qo'lga kiritgan buyuk g'alabasini nishonlash uchun ota-onasi bilan Oq uydagi qabulxonamizga keldi. Bu televidenie tarixidagi eng reytingi baland turnirlardan biri va naqadar ajoyib jang edi! CHempion bilan uchrashish men uchun katta sharaf - u ilgari hech qachon mag'lub bo'lmagan boshqa haqiqiy buyuk jangchini mag'lub etdi", - deb yozdi Donald Tramp.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ