logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Nodirbek Abdusattorov rapid turnirini Top-3`da yakunladi

 4 IYUL, 2026, 15:32

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirda rapid bahslari yakuniga etdi.

Grand Chess Tour’ning uchinchi bosqichi hisoblangan SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Musobaqa rapid va blic bo'yicha o'tkazilayotgan bo'lib, 10 nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. 

Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Alireja Firuzdja, Maksim Vashe-Lagrav (ikkisi ham Franciya), Rameshbabu Praggnanandha, Gukesh Dommaradju (ikkisi ham Hindiston), Anish Giri, Yorden Van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya), Ivan Sarich (Xorvatiya).


Musobaqa formati va vaqt nazorati:

Rapid: 25 daqiqa + 10 soniya (9 raund)

Blic: 5 daqiqa + 2 soniya (18 raund)


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Turnirning rapid bahslari doirasida o'tkazilgan 9 ta tur partiyalarida Nodirbek Abdusattorov 11 ochko to'plab, kuchli uchlikdan joy oldi. U kechagi uchta uchrashuvda ijobiy natija qayd etdi va 6-pog'onadan 3-o'ringa ko'tarildi. Grossmeysterimiz amaldagi jahon toji sohibi hindistonlik Gukesh Dommaradju bilan durang o'ynab, peshqadam Alireza Firuzdja hamda xorvatiyalik Ivan Sarichni mag'lubiyatga uchratdi. 

Bugun musobaqada blic turniriga start beriladi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ