Xabib Nurmagomedov JCH-2026`ning hozirgacha urilgan eng yaxshi golini aytdi
4 IYUL, 2026, 11:00
Milliy terma jamoamiz Eldor SHomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli FIFA tomonidan JCH-2026 guruh bosqichining eng yaxshi goli deb topilgandi.Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Argentina va Kabo-Verde o'rtasidagi jahon chempionati 1/16 finalining qo'shimcha bo'limlarda amaldagi jahon chempionlarining 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yini haqida gapirdi.
"Turnirning barcha gollarini ko'rdim. Hozircha turnirning eng yaxshi goli, menimcha, Kabo-Verde tomonidan kiritildi", - deb yozdi Xabib ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
SHu bilan birga, Nurmagomedov aynan qaysi to'pni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi. Katta ehtimol bilan, gap qo'shimcha vaqtning 103-daqiqasida Argentina darvozasini ishg'ol qilgan va hisobni 2:2 ga etkazgan Sidney Lopes Kabralning goli haqida ketmoqda.
Argentina keyingi bosqichda Misr terma jamoasi bilan o'ynaydi.

Manba: olamsport.com
