logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Luka Modrich faoliyatini yakunlashi haqidagi savolga javob berdi

 3 IYUL, 2026, 16:48

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2026 1/16 finalida jamoasi Portugaliyadan mag'lub bo'lganidan so'ng (1:2) faoliyatini yakunlashi haqidagi savolga javob qaytardi

"Hozir kelajagim haqida gapiradigan vaqt emas… tez orada hamma narsani bilib olasiz", — deya Modrichning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Yarim himoyachining 2025 yildan buyon to'p surib kelayotgan "Milan" klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida yakuniga etdi. Biroq yarim himoyachining klubdan ketgani rasman elon qilinmadi.

Futbolchi Madridning "Real", "Tottenxem" va Zagrebning "Dinamo" klublaridagi faoliyati bilan mashhur. Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida 202 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urgan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ