"Makgregor bilan jangga rozi bo'lmaslik ahmoqlik bo'lardi" - Xollouey
3 IYUL, 2026, 16:16
UFC sobiq chempioni Maks Xollouey 12 iyul kuni Las-Vegasdagi UFC 329 turnirida irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang qiladi.Uning aytishicha, mazkur to'qnashuv u uchun chempionlik jangiga qaraganda ham muhimroq ahamiyatga ega.
"Menimcha, chempionlik uchun jang hech qayoqqa ketmaydi, shuning uchun imkoniyat bor paytda pul ishlab olish kerak. Makgregor — bu Makgregor. Bunday jangga rozi bo'lmaslik juda katta ahmoqlik bo'lardi", — dedi Xollouey Full Send MMA’ga X ijtimoiy tarmog'i orqali.
Manba: olamsport.com
