SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Abdusattorov Praggni mag'lub etdi
3 IYUL, 2026, 10:16
Xorvatiyaning Zagreb shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir davom etmoqda.Grand Chess Tour’ning uchinchi bosqichi hisoblangan SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Musobaqa rapid va blic bo'yicha o'tkazilayotgan bo'lib, 10 nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda.
Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Alireja Firuzdja, Maksim Vashe-Lagrav (ikkisi ham Franciya), Rameshbabu Praggnanandha, Gukesh Dommaradju (ikkisi ham Hindiston), Anish Giri, Yorden Van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya), Ivan Sarich (Xorvatiya).
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Musobaqa formati va vaqt nazorati:
Rapid: 25 daqiqa + 10 soniya (9 raund)
Blic: 5 daqiqa + 2 soniya (18 raund)
Turnirning ikkinchi kuni rapid bo'yicha yana 3 ta tur partiyalari o'ynaldi. Nodirbek Abdusattorov 4-turda franciyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan durang o'ynadi. Keyin 5-turda hindistonlik azaliy raqibi Rameshbabu Praggnanandhani mag'lubiyatga uchratdi. Bu uning ushbu turnirdagi ilk g'alabasi bo'ldi. Oltinchi turda esa 25-yurishdayoq niderlanliyalik Yorden Van Forest bilan murosa yo'lini tanladi.
Oltinchi turdan so'ng Nodirbek Abdusattorov 6 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. Turnir jadvalija francuz Alireza Firuzdja 10 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Vinsent Keymer, Gukesh Dommaradju, Maksim Vashe-Lagrav va Bogdan-Daniel Dik hisobida 7 ochkodan bor.

Manba: olamsport.com
