Ronaldu JCHdagi noxush ananasiga chek qo'ydi
3 IYUL, 2026, 09:16
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlari pley-off uchrashuvlaridagi ilk golini kiritdi.Ronaldu Xorvatiya milliy terma jamoasiga qarshi kechgan jahon chempionati 1/16 final uchrashuvining 68-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu o'z faoliyatidagi oltinchi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bunga qadar futbolchi pley-off bahslarida jami 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi.
Ronalduning Jahon chempionatlarida kiritgan umumiy hisobdagi gollari soni 11 tani tashkil qilmoqda.

Manba: olamsport.com
