logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 start oldi. Abdusattorov ilk kungi 3 ta partiyada qanday natija qayd etdi?

 2 IYUL, 2026, 10:32

Xorvatiyaning Zagreb shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnir boshlandi.

Grand Chess Tour’ning uchinchi bosqichi hisoblangan SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026 turnirida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etyapti. Musobaqa rapid va blic bo'yicha o'tkazilayotgan bo'lib, 10 nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. 

Turnir ishtirokchilari: Nodirbek Abdusattorov, Alireja Firuzdja, Maksim Vashe-Lagrav (ikkisi ham Franciya), Rameshbabu Praggnanandha, Gukesh Dommaradju (ikkisi ham Hindiston), Anish Giri, Yorden Van Forest (ikkisi ham Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya), Ivan Sarich (Xorvatiya).


Musobaqa formati va vaqt nazorati:

Rapid: 25 daqiqa + 10 soniya (9 raund)

Blic: 5 daqiqa + 2 soniya (18 raund)


Turnirning dastlabki kuni rapid bo'yicha 3 ta tur partiyalari o'ynaldi. Nodirbek Abdusattorov Bogdan-Daniel Dik va Anish Giri bilan durang qayd etib, germaniyalik Vinsent Keymerga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikki ochko jamg'argan hamyurtimiz hozircha 10 ishtirokchi orasida 8-pog'onada bormoqda. Bugun 4-turda u francuz Maksim Vashe-Lagravga qarshi dona suradi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ