Yamal "Real" haqida aytgan gaplaridan afsusda emas
1 IYUL, 2026, 18:48
"Barselona" vingeri Lamin Yamal "El-Klasiko" oldidan "Real" haqida aytgan gaplaridan afsuslanmasligini malum qildi.Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning oktyabr oyida 18 yoshli futbolchi Kings League mediafutbol ligasi strimida madridliklar klubi futbolchilari "aldaydi va shikoyat qiladi" deb aytgandi.
— "Real"ning aldamchiligi haqidagi gaplaringiz uchun afsuslanasizmi?
— Yo'q, bu futbol. Yakunda ular o'sha o'yinda g'alabani nishonlashdi, lekin keyin bizning maydonda mag'lub bo'lishdi. Men Karvaxal bilan boshqa gaplashganim yo'q, umuman "Madrid"ning hech qaysi futbolchisi bilan gaplashmayman, — dedi Yamal.
Manba: olamsport.com
