logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

JCh-2026. Frantsiya Shvetsiyani Mbappening dubli evaziga yirik hisobda mag'lub etdi (videosharh)

 1 IYUL, 2026, 05:34

Jahon chempionati–2026 1/16 finali doirasida Frantsiya va Shvetsiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQShning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo'lib o'tgan bahsda frantsuzlar 3:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi.

Frantsiya terma jamoasi safida Kilian Mbappe dubl muallifiga aylangan bo'lsa, yana bir golni Bredli Barkola kiritdi.

Shu tariqa, Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionati 1/8 finaliga yo'llanma oldi. Frantsuzlar ushbu bosqichda 5 iyul kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

JCh-2026. 1/16 final
1 iyul, 2026 yil, chorshanba
Frantsiya — Shvetsiya — 3:0
Gollar: Mbappe, 45 (1:0), Barkola, 53 (2:0), Mbappe, 74 (3:0).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ