logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

SHara Bullet Israel Adesanyaga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi

 30 IYUN, 2026, 19:16

UFC jangchisi SHara Bullet sobiq chempion Israel Adesanyaga qarshi jang qilish istagini bildirdi.

"Israel Adesanya — ajoyib variant. U tezkor, jismoniy tayyorgarligi yuqori, bo'yi baland va uslub jihatidan juda qiziq raqib. SHuningdek, u hali unchalik qari emas. Men uchun bu juda qiziqarli jang bo'lardi.

Ammo agar bu imkoniyatni birodarim Abus Magomedovga berish kerak bo'lsa, men bunga tayyorman.

UFC kimni qarshi qo'ysa ham, jang qilishga tayyorman. Top-15, top-10 yoki hatto top-5 dagi istalgan raqib bilan oktagonga chiqishim mumkin. Men raqobatbardoshman va har qanday chaqiruvni qabul qilishga tayyorman", — dedi Bullet.

Eslatib o'tamiz, SHara Bullet UFC Baku turnirida Mishel Pereyrani hakamlar qarori bilan (29–28, 29–28, 29–28) mag'lub etgandi. O'sha jangning birinchi raundida rossiyalik jangchi nokdaun holatiga tushib qolgan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ