logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Javohir Sindarov: "Hayot tarzimni o'zgartirishni istamayman"

 30 IYUN, 2026, 09:32

Nomzodlar turniri g'olibi Javohir Sindarov ushbu g'alabasidan keyin hayotidagi o'zgarishlar qanday bo'lgani haqida gapirdi.

"Avvalgidan ko'ra menga etibor ancha ko'proq qaratilyapti. Endi meni nafaqat O'zbekistonda, balki Evropada ham tanishadi, odamlar meni ko'ra boshlashdi.

Balki kimlar uchundir kumirga aylangandirman, bilmayman. Albatta, o'zgarishlar ko'p, ammo menimcha, juda katta farq yo'q. Ilgari ham odamlar meni tanirdi, lekin hozir, albatta, hammasi boshqacha. Toshkent ko'chalarida odamlar meni tanishadimi? Ha, ko'chada yurganimda odamlar do'stlariga: "Qarang, bu Sindarov-ku, men uni taniyman, u shaxmatchi", deb aytishadi. Bu men uchun oddiy hol. Men faqat shaxmatchi bo'lganim uchun hayot tarzimni o'zgartirishni istamayman. O'sha-o'sha inson bo'lib qolishni xohlayman", dedi Sindarov.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ