logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Real" yangi xaridlar uchun yozda etti nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin

 29 IYUN, 2026, 18:48

Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida yangi o'yinchilar uchun tarkibda joy bo'shatishni rejalashtirmoqda.

"AS" nashrining xabariga ko'ra, klubdagi bir nechta futbolchilarning kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Istiqbollari mavhum bo'lib turgan o'yinchilar qatoriga himoyachi Raul Asensio, qanot himoyachisi Fran Garsiya, yarim himoyachilar Eduardu Kamavinga, Orelen Tchuameni va Franko Mastantuono, shuningdek, hujum chizig'i vakillari Braim Dias va Gonsalo Garsiya kiradi.

"Real" shu yozda klubga qaytgan va kuchaytirilishi kerak bo'lgan yo'nalishlarni allaqachon belgilab bergan Joze Mourinyu boshchiligida tarkibni yangilamoqchi. Bazi futbolchilar bilan xayrlashish madridliklarga nuqtali xaridlarni amalga oshirish imkonini berishi kutilmoqda. Bundan oldin klubning markaziy yarim himoyachi va vingerga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ