logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Jahongir Zokirov Zuffa Boxing'dagi debyut jangi oldidan taroziga chiqdi

 28 IYUN, 2026, 08:16

29 iyun tongida AQSHning Las-Vegas shahridagi The Chelsea at the Cosmopolitan arenasida prof boks bo'yicha Zuffa 8 turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning asosiy jangi dominikanlik Edvin de Los Santos va Meksika vakili Xose Valensuela o'rtasida kechadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida hamyurtimiz Jahongir Zokirov amerikalik Zachariy Spiller bilan to'qnash keladi. Bu Jahongir uchun Zuffa Boxing Ligasidagi debyut jang bo'ladi.

Spiller professional boksda 5 ta jang o'tkazgan va barchasida g'alabaga erishgan. G'alabalarining 4 tasini muddatidan avval qo'lga kiritgan. Jahongir esa prof ringda bitta jang o'tkazgan va nokaut bilan g'alaba qozongan.

Bokschilar kecha jang oldidan vazn o'lchash marosimidan o'tib olishdi. Unda Zokirov 114,76 kg, Zachariy Spiller esa 116,12 kg tosh bosdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ