Nursultonga mag'lub bo'lgan Bruno Ferreyra bu safar Ikram Aliskerovga imkoniyatni boy berdi
27 IYUN, 2026, 22:16
UFC Baku turnirining yana bir jangi ortda qoldi.Asosiy kardning navbatdagi bahsida rossiyalik taniqli aralash yakka kurash ustasi Ikram Aliskerov Braziliya vakili Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundlik bellashuv to'liq davom etib, yakunda Ikram hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi.
Bu Aliskerovning 20-jangidagi 18-g'alabasi edi. Ferreyra esa bugun faoliyatidagi 4-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U 2023 yilda yurtdoshimiz Nursulton Ro'ziboevga birinchi raundda nokaut bo'lgandi.
Manba: olamsport.com
