logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Nomdor raqiblarini mag'lub etgan SHahram Ahadov Qingdao Grand Prix 2026 turniri finalida!

 27 IYUN, 2026, 13:48

Xitoyning Cindao shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning ikkinchi kungi saralash bahslari yakuniga etib, kechki final blokida medallar uchun tatamiga chiqadigan juftliklar malum bo'ldi.

Quvonarlisi, ular orasida SHahram Ahadov ham bor. -73 kg vazn toifasidagi tajribali dzyudochimiz ikkinchi davradan bahslarga kirishdi va bu bosqichda finlyandiyalik Valtteri Olinni mag'lubiyatga uchratdi. Uchinchi davrada qozog'istonlik Baxitjan Abdurahmanovni taslim etgan Ahadov 1/4 finalda turkiyalik Bilal CHilogludan ustun ekanini amalda isbotladi. Yarim finalda BAA sharafini himoya qilayotgan Mahmadbek Mahmadbekov mag'lub etildi. 

Endi buxorolik dzyudochimiz hal qiluvchi final bellashuvida yaponiyalik Tacuki Ishiharaga qarshi tatamiga chiqadi. SHahram Ahadovga oltin medal uchun kechadigan bahsda g'alaba yor bo'lsin!



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ