logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Bayram muborak, aziz hamkasblar!

 27 IYUN, 2026, 12:48

27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

Olamsport.com sayti ijodkorlari Siz aziz hamkasblarimizni, matbaa va nashriyot, televidenie, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini, soha faxriylarini 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Ijod va tafakkurning tasirchan muhitida shakllanib, xalqimizning manfaati, kelajagini ko'zlab amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini yoritishdan tolmang deymiz.

Har qanday kasb ezgulikka xizmat qilar ekan, shubhasiz, xalq nazarida ulug'vor, jamiyat hayotida qadrlidir. SHu manoda, zimmangizdagi ulkan va zahmatli mehnatni ulug'lab, shu kasbdan qadr va sharaf topib yurganingiz Sizga Yaratganning inoyatidir.

Kasbingizdan doimo baraka topib yuring, el nazaridan qolmang, deymiz. Oilangizdan farovonlik, dasturxoningizdan to'kin-sochinlik arimasin. Vatanimiz ravnaqi, farzandlar kamolini ko'rib yashash nasib etsin, aziz hamkasblar!


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ