logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Xoselu Qatarga ko'chib o'tgani haqida gapirdi

 25 IYUN, 2026, 20:36

Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi, hozirda Qatarning "Al-Garafa" jamoasida to'p surayotgan Xoselu Iker Kasilyasning Bajo los Palos podkastida Qatar klubiga o'tish u uchun juda og'ir bo'lganini tan oldi.

"Real"ni tark etish qarori butun umr menga og'irlik qiladi, chunki u erda boshdan kechirganlarimni boshqa hech qachon his qila olmayman. Ammo hozirgi vaqtda farzandlarim, ayolim va ularning kelajagi haqida qayg'urish men uchun har qanday sport masalasidan ustundir", — dedi Xoselu.

Shuningdek, forvard sovrinlar uchun kurashishdagi va ligada jon saqlab qolish uchun kurashishdagi bosimni o'zaro solishtirdi va har doim birinchi variantni afzal ko'rishini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Xoselu 2023/2024 yilgi mavsumda "Real" sharafini himoya qilgan. U 49 ta uchrashuvda 18 ta gol urib, klub bilan birga Chempionlar ligasi, La Liga va Ispaniya Superkubogida g'olib chiqqan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ