Mashhur klub ter Shtegenni ijaraga olishi mumkin
25 IYUN, 2026, 20:24
Mark-Andre ter Shtegenning "Barselona"da maydonga tushish imkoniyati deyarli yo'q, chunki Kataloniya klubining asosiy golkiperi Joan Garsiya hisoblanadi. Shu sababli ter Shtegen faoliyatini Niderlandiyada davom ettirishi mumkin.
Voetbal International nashri sahifalarida ter Shtegenning kelajagi haqida maqola chop etildi. Unda qayd etilishicha, 34 yoshli germaniyalik posbon "Ayaks" uchun ustuvor nomzod bo'lib turibdi. Erediviziya grandi ter Shtegenni ijaraga olishi mumkin.
Bundan oldin ham matbuotda "Ayaks"ning ter Shtegenga qiziqishi haqida yozilgan edi — darvozabon anchadan beri Amsterdam klubining radarlarida turibdi.
Mark-Andre ter Shtegen o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Jirona"da o'tkazdi. Biroq, germaniyalik darvozabon jarohat olguniga qadar atigi bir nechta o'yinda maydonga tushdi, xolos.
