logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"PSJ" Tyuram borasida "Yuventus" bilan muzokara olib bormayapti

 25 IYUN, 2026, 20:00

Ayni damda "PSJ" va "Yuventus" klublari o'rtasida yarim himoyachi Kefren Tyuramning ehtimoliy transferi bo'yicha hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, avvalroq tarqalgan mish-mishlarga qaramay, parijliklar hozircha 25 yoshli frantsiyalik futbolchini sotib olishni rejalashtirmayapti.

Yakunlangan mavsumda Tyuram barcha turnirlarni hisobga olgan holda 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi, to'rt bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va o'z hisobiga beshta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Tyuramning "Yuventus" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari futbolchini 38 million evroga baholashmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ