Mourinyuga "yangi Modrich" kerak
25 IYUN, 2026, 19:54
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino rahbariyatdan tarkibni kuchaytirishni talab qilishda davom etmoqda.
MARCA nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis klub boshliqlaridan ikkita pozitsiya uchun futbolchi so'ragan. Mourino markaziy himoyachi, shuningdek, maydon markaziga Luka Modrich profiliga mos keluvchi o'yinchi sotib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Mourino joriy yozda "Real" boshqaruvini qo'lga oldi. U bosh murabbiylik lavozimida Alvaro Arbeloani almashtirdi.
Yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra, "qaymoqranglilar" birorta ham sovrin qo'lga kirita olishmadi. Ispaniya chempionati turnir jadvalida jamoa ikkinchi o'rinni egalladi. Ularning "Barselona"dan ortda qolishi ikki ochkoni tashkil etdi.
