logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Arsenal"ga 16 yoshli iqtidorning narxi aytildi

 25 IYUN, 2026, 19:54

"Lester" klubi 16 yoshli vinger Jeremi Monganing transferi bo'yicha Londonning "Arsenal" klubi tomonidan berilgan taklifni rad etdi. Bu haqda jurnalist Geri Djeykob xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, "kanonirlar" 5,8 million evro miqdorida taklif yuborishgan, biroq rad javobini olishgan. "Tulkilar" o'z iqtidori uchun 11,6 million evro hamda futbolchining keyingi sotuvidan 15 foiz ulush olmoqchi ekanliklari ta'kidlanmoqda.

Yakunlangan mavsumda Monga barcha turnirlarni hisobga olgan holda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi, bitta gol urdi va o'z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

2025/26 yilgi mavsum natijalariga ko'ra, "Lester" Chempionship turnir jadvalida 23-o'rinni egallab, Angliyaning uchinchi kuchli divizioniga tushib ketdi. Bundan o'n yil oldin klub Angliya chempioni bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ