logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Oyarsabal "Barselona"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

 25 IYUN, 2026, 19:42

"Real Sosedad" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal "Barselona" tomonidan o'ziga bo'layotgan qiziqishlar haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, Kataloniya grandi transfer bozorida Xulian Alvaresga muqobil variantlar qatorida 29 yoshli ispaniyalik futbolchi nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

"Bu men hamma narsani to'g'ri bajarayotganimdan dalolat beradi. Ammo mish-mishlar men uchun u qadar muhim emas — ularga vaqtimni sarflamayman. Hozirda bor e'tiborimni Jahon chempionatiga qaratganman", — deya Barca Universal nashri hujumchining so'zlarini keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mikel Oyarsabal Jahon chempionati doirasida bo'lib o'tgan Ispaniya va Saudiya Arabistoni (4:0) terma jamoalari o'rtasidagi yaqindagi uchrashuvda ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirib, o'yin qahramoniga aylangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ