logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Alvares "Barselona"ga o'tish borasida Messi bilan maslahatlashmoqda

 25 IYUN, 2026, 19:36

Xulian Alvares "Barselona"ga o'tishni istamoqda. Kataloniyaliklar argentinalik futbolchini shu yozda sotib olishga harakat qilishadi, biroq "Atletiko"ning qat'iy pozitsiyasi tufayli bu kelishuvni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi. Madridliklar "ko'k-anorranglilar"ga Alvares transferi uchun shartnomada belgilangan tovon pulini to'lashlari kerakligini ma'lum qilib ulgurishdi, bu esa, hazil emas, naqd 500 million evroni tashkil etadi.

Bu orada Xulian Alvares Lionel Messi bilan ko'p muloqot qilmoqda. Jurnalist Ernan Kastilo xabar berishicha, Alvares yaqin orada Kataloniyaga ko'chib o'tishdan umid qilgan holda, Barselonadagi hayot tarzi borasida Messi bilan maslahatlashmoqda.

Hozirgi vaqtda Alvares va Messi Argentina terma jamoasi ixtiyorida, Jahon chempionatida ishtirok etishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ