logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Asensio Mourinoga kerakligini isbotlamoqchi, biroq...

 25 IYUN, 2026, 19:36

Himoyachi Raul Asensio "Real"dagi faoliyatini davom ettirishni xohlaydi.

Jurnalist Mario Kortegananing bergan ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi Madrid klubida qolish niyatida. U "qaymoqranglilar"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoni jamoaga foydasi tegishiga ishontirmoqchi. Biroq, "Real" Asensioni sotib yuborishni rejalashtirmoqda — uning ketishi boshqa markaziy himoyachini sotib olish uchun zarur hisoblanadi.

Raul Asensio "Real" klubi tarbiyalanuvchisidir. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi "qaymoqranglilar" safida barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Asensioning qiymatini 20 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ