logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Baena Alvaresning ehtimoliy ketishi haqida: "Agar ketishga urinsa, uni shaxsan o'zim zanjirband qilib qo'yaman"

 25 IYUN, 2026, 19:30

Madridning "Atletiko" klubi futbolchisi Aleks Baena Xulian Alvaresning jamoani tark etish istagi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Argentinalik forvard shu yozda "matraschilar" safini tark etish niyati borligini oshkora ma'lum qilgan edi. Mish-mishlar esa anchadan beri futbolchini "Barselona"ga o'tishi bilan bog'lab kelmoqda.

"Balkim u eng yaxshi mavsumini o'tkazmagani uchun o'zini baxtsiz his qilayotgandir. Agar u ketishga urinsa, uni shaxsan o'zim zanjirband qilib qo'yaman. Men ham o'tgan mavsumdan unchalik mamnun emasman, lekin shu erda qolmoqchiman, chunki "Atletiko"ni, muxlislarimizni, stadionni, murabbiylar shtabini, jamoadoshlarimni va bu shaharni yaxshi ko'raman. Agar bunga klub nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, men hech qachon bunday muhim o'yinchini asosiy raqobatchilardan biriga sotmagan bo'lardim. Men ham Xulianning qolishini istayman", — deya Baenaning El Partidazo de COPE nashriga bergan intervyusidan iqtibos keltiradi manba.

"Atletiko" Alvares bo'yicha muzokaralar olib borishni rad etmoqda, biroq mavjud ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" yangi taklif tayyorlamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ