logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

"Real" Niko Pasni 9 million evroga qaytarib, APLga qimmatroq sotmoqchi

 25 IYUN, 2026, 19:30

"Komo" klubining hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas tez orada Madridning "Real" klubiga qaytishi mumkin.

"Qirollik klubi" vakillari 21 yoshli futbolchiga joriy transfer oynasida uni qayta sotib olish huquqidan foydalanishlarini ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda El Chiringuito nashri. Keyingi qadamlar esa to'liq argentinalik futbolchining o'ziga bog'liq bo'ladi: agar u Madridda qolishni istamasa, "Komo" "Real"dan uning transfer huquqini 100 foiz sotib olishi mumkin. Biroq, Italiya klubi bu kelishuvni o'zi uchun juda qimmat deb hisoblashi ehtimoli yuqori, bunday vaziyatda esa "qaymoqranglilar" o'sib borayotgan yulduzni Angliya Premer-ligasi klublariga sotishga harakat qilishadi.

Nikolas Pasning Transfermarkt portalidagi bahosi 80 million evroni tashkil etadi. Madrid grandiga esa u yuqorida ta'kidlab o'tilgan qayta sotib olish bandi tufayli taxminan 9 million evroga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ