"Chelsi" Delap uchun narx belgiladi
25 IYUN, 2026, 19:24
Hujumchi Liam Delap shu yozda "Chelsi"ni tark etishi mumkin.
Jurnalist Ben Djeykobsning bergan ma'lumotlariga ko'ra, forvardni o'z safiga qo'shib olishga "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. "Ko'klar" o'z futbolchisini sotishga tayyor, biroq 40 million funt-sterlingdan kam bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishmoqchi emas.
Liam Delap 2025 yilda "Ipsvich"dan "Chelsi"ga 35 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi "ko'klar" safida barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Delapning qiymatini 28 million evroga baholamoqda.
