logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Afrikalik shaman Jahon chempionini aytdi: "Bu turnir Ronaldu uchun"

 25 IYUN, 2026, 19:24

Ganalik shaman Nana Nvaku Bonsam ushbu Jahon chempionatida Xarri Keynga afsun qilgani bilan mashhur bo'lib ulgurdi. Bu afsun forvardning o'yiniga qanchalik ta'sir qilganini har kim o'zi hal qilishi mumkin, biroq fakt shundaki, Angliya Ganani mag'lub eta olmadi (0:0), Keyn esa qulay vaziyatlarni golga aylantira olmadi.

Endilikda shaman joriy Jahon chempionatida g'olib chiqadi deb hisoblayotgan jamoasi nomini ma'lum qildi.

"Bu Jahon chempionati — Portugaliya va Krishtianu Ronalduniki. Ular unda g'alaba qozonishadi", — deya Bonsamning so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Gruh bosqichining ortda qolgan ikki turida Portugaliya terma jamoasi Kongo DR bilan durang (1:1) va O'zbekiston ustidan qozonilgan g'alaba (5:0) evaziga to'rt ochko jamg'argan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ