"Arsenal" Dyokereshni "Atletiko"ga qo'yib yubormaydi
25 IYUN, 2026, 19:18
Shvetsiyalik hujumchi Viktor Dyokeresh Londonning "Arsenal" klubini tark etmaydi. Bu haqda CaughtOffside nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Dyokereshning Xulian Alvaresga almashtirilish ehtimoli haqidagi mish-mishlarga qaramay, "kanonirlar" uni "Atletiko"ga qo'yib yuborish niyatida emas. Hujumchi hanuzgacha "Arsenal"ning rejalariga kiradi, shu sababli klub u bilan xayrlashishga tayyor emas.
Yakunlangan mavsumda 28 yoshli Dyokeresh barcha turnirlarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Forvardning "Arsenal" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
