"Inter" "Chelsi" himoyachisini sotib olmoqchi
25 IYUN, 2026, 19:18
Himoyachi Trevo Chaloba shu yozda "Chelsi"ni tark etishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning bergan ma'lumotlariga ko'ra, London klubi yozgi transfer oynasida o'z futbolchisini sotishga tayyor. Angliyalik o'yinchini o'z safiga qo'shib olishga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda. Italiyaliklar yaqin vaqt ichida futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlash niyatida.
Trevo Chaloba "Chelsi" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi London klubi safida barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi. Transfermarkt portali Trevo Chalobaning qiymatini 40 million evroga baholamoqda.
