logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

Gordon "Barsa"ga qanchaga tushgani aytildi

 25 IYUN, 2026, 19:12

Yarim himoyachi Entoni Gordon "Nyukasl"dan "Barselona"ga o'tdi.

Mundo Deportivo nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi ingliz futbolchisining transferi uchun kafolatlangan 70 million evro to'lagan. Yana 10 million evroni "qarg'alar" bonuslar tariqasida olishlari mumkin. Bonuslarning 5 million evrosi Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasidagi g'alaba kabi sovrinlarga bog'langan. Gordon "ko'k-anorranglilar" bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

2025/26 yilgi mavsumda Entoni Gordon "Nyukasl" safida barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi "qarg'alar" sharafini 2023 yildan beri himoya qilib kelayotgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ