Yana bir erkin kurashchimiz RAF bilan shartnoma imzoladi, u yulduzli kardda jang qiladi
25 IYUN, 2026, 15:32
O'zbekistonlik erkin kurash ustasi Mirzo Hayitov faoliyatini Real American Freestyle Ligasida davom ettiradi.Hamyurtimiz 18 iyul kuni AQSHNing Viskonsin shtati, Miluoki shahrida o'tkaziladigan RAF 11 turnirida gilamga chiqadi. Unga o'sha kuni amerikalik Maykl Kaliendo raqib bo'ladi. Jang yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Turnirning markaziy bahsi Arman Carukyan va Kolbi Kovington o'rtasida kechadi.
Avvalroq, ikki nafar kurashchilarimiz — Bekzod Abdurahmonov hamda Razambek Jamalov RAF Ligasiga o'tgani haqida xabar bergandik.

Manba: olamsport.com
